Arxiv ma'lumotnomalarini berish

Xizmat haqida
Arxiv ma'lumotnomasini olish uchun ariza berish.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik va jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Foydalanuvchi so’rov-anketasi va mehnat daftarchasidan nusha.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko’rsatish tartibi to’g’risidagi Nizom

Xizmat narxi va to`lash tartibi
Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati
30 kungacha.

Xizmat natijasi
Arxiv ma'lumotnomasi.

Rad etish sabablari
So’rov Arxiv fondida saqlanayotgan arxiv hujjatlari tarkibiga aloqasi bo’lmasa.

Shikoyat arizasi berish tartibi
Arizachi ma’lumotnomani rad etish to'g'risidagi qaror ustidan, shuningdek ma’lumot beruvchi muassasa mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli

 

XIZMATDAN FOYDALANISH

Ko'rildi: 848



Savol : Arxivlardan ma'lumotnomalarni olish uchun shaxsan borish kerakmi yoki boshqa yo'li ham bormi?

Javob :Arxivlardan ma'lumotnomalarni olish uchun shaxsan borishi, bundan tashqari elektron tarzda rasmiy veb saytlar yoki Yagona interaktiv xizmatlar davlat portali orqali, an'anaviy pochta orqali ham murojaat qilish mumkin.

Savol :Firma hujjatlarini firmada saqlashga joy yoki xona bo'lmasa ularni arxivga topshirish mumkinmi ?

Javob :Mumkin arxivlar depozitar tarzda sharnoma asosida vaqtincha saqlovga korxona, tashkilot, muassasalar (jumladan firmalar) hujjatlarini qabul qilishi va saqlab berishi mumkin.

Savol :Arxivlardan ish xaqqi yoki ish staji xaqidagi ma'lumotnomalarni olish pullikmi yoki bepulmi?

Javob :Arxivlardan ish xaqqi yoki ish staji xaqidagi ma'lumotnomalarni berish bepul amalga oshiriladi.

Savol :Davlat arxivlariga fuqarolarga arxiv hujjatlarini topshirishda imtiyozlar bormi?

Javob :Agar fuqaroning arxiv hujjati O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishiga loyiq deb baholansa, uning mulkdoriga O'zbekiston Respublikasi Vazirdar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 30 oktyabrdagi ¹482 qarori bilan tasdiqlangan maxsus guvohnoma beriladi. Agar arxiv hujjati fuqaroning o'zida saqlanayotgan bo'lsa unga arxiv xodimlari tomonidan bepul uslubiy yordam ko'rsatiladi. Davlat arxivlariga qabul qilingan Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy arxiv hujjatlariga davlat arxivlari tomonidan bepul ilmiy texnikaviy ishlov beriladi, ta'mirlash va qayta tiklash (restavratsiya) ishlari o'z vaqtida amalga oshiriladi, hujjatlarga arxiv ro'xati tuzilib, har bir hujjat davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo'lmagan qismi tarkibiga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar Milliy arxiv fondining davlat katalogiga muntazam ravishda kiritilib boradi.














FOYDALI MANBALAR